Ushbu sahifada Zaynidinov Hakimjon Nasriddinovich faoliyatiga oid ma'lumotlar keltirilgan.
Zaynidinov Hakimjon Nasiriddinovich 1963 yilda tug'ilgan, o'zbek. Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi 20-son Furqat nomli o'rta maktabni 1979 yilda tamomlagan.1984 yilda Toshkent Politexnika institutini bitirgan. Diplom bo'yicha ixtisosligi – elektron hisoblash mashinalari, mutaxassisligi– sistemotexnik injeneri. 1993 yil 19 oktyabrda V.I.Lenin(Ulyanov) nomidagi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetining fan nomzodi ilmiy darajasini beruvchi Ixtisoslashgan Kengashida texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun "Исследование и разработка алгоритмов и процессорных средств быстрых преобразований в кусочно-параболических базисах" mavzusida 05.13.13 – "Hisoblash mashinalari, tizimlari, majmualari va tarmoqlari" ixtisosligi bo'yicha dissertasiyasini himoya qildi. 1996 yil 28 noyabrda H.N.Zaynidinovga O’zbekiston respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasining № 41/1-son bayonnomasi asosida 03 №002349 raqamli "Kompyuter texnologiyasi va tarmoqlari" kafedrasi bo'yicha "dosent" ilmiy unvoni berildi.
H.N. Zaynidinov 2005 yil 8 oktyabrda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengashda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun "Ko'p o'lchovli signallarni bo'lak-polinomial bazislarda qayta ishlovchi yuqori unumli hisoblash strukturalarini modellashtirish usullari" mavzusida 05.13.13 – "Hisoblash mashinalari, tizimlari, majmualari va tarmoqlari" ixtisosligi bo'yicha dissertasiyasini himoya qildi. Umumiy ish staji - 36 yil, ilmiy va pedagogik ish staji - 36 yil, jumladan, OTMlarda ilmiy-pedagogik ish staji - 36 yil. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2005 yil 3 yanvardan "Axborot texnologiyalari" kafedrasi dosenti lavozimiga konkurs natijasida tanlovdan o'tib ishga qabul qilindi, 2006 yil 29 dekabrdan tanlov asosida "Axborot texnologiyalari" kafedrasi professori lavozimiga o'tkazildi.2007 yil 15 avgustdan 2009 yil 30 dekabrgacha Janubiy Koreyaning DongSeo universitetida taklif etilgan professor lavozimida ishladi. 2012 yil 1 iyundan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, "Boshqaruvda axborot-kommunikasion texnologiyalar" kafedrasi mudiri lavozimiga o'tkazilgan. 2016 yil 27 oktyabrda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri lavozimiga tanlov asosida saylandi. Xozirgi kunda shu kafedrani mudiri sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
1. Toshkent Politexnika instituti talabasi –1979-1984 yillar.
2. Sankt-Peterburg Davlat Elektrotexnika universiteti kunduzgi maqsadli aspiranturasi aspiranti–1990-1993 yillar.
3. Toshkent Davlat texnika universiteti, "Axborotlarni qayta ishlash va boshqarishning kompyuter tizimlari" kafedrasi doktoranti–2001-2005 yillar.
1979-1984 yy. – Toshkent Politexnika instituti talabasi;
1984-1986 yy. – Toshkent to'qimachilik va yengil sanoati instituti Andijon filialida muxandis;
1987-1990 yy. – Toshkent politexnika instituti, "Texnik kibernetika" kafedrasida stajyor-tadqiqotchi;
1990-1993 yy. – Sankt-Peterburg Davlat Elektrotexnika universiteti kunduzgi maqsadli aspiranturasi aspiranti;
1993-1996 yy. – Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi Oliy Injenerlik Pedagogikasi institutida katta o'qituvchi, dosent;
1996-2001 yy. – Andijon muxandislik-iqtisodiyot instituti "Iqtisodiyotda axborot tizimlari" kafedrasi dosenti, TEST markazi boshlig'i;
2001-2005 yy. – Toshkent Davlat texnika universiteti, "Axborotlarni qayta ishlash va boshqarishning kompyuter tizimlari" kafedrasi doktoranti;
2005-2006 yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "Axborot texnologiyalari"kafedrasi dosenti;
2006-2009 yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "Axborot texnologiyalari" kafedrasi professori;
2007-2009 yy. – Janubiy Koreya, DongSeo universiteti professori;
2009-2011 yy. – SSV xuzuridagi vrachlar va farmasevtlarga lisenziya berish va attestasiyadan o'tkazish Respublika markazida bo'lim boshlig'i;
2011-2012 yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "Axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri;
2012-2015 yy. – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, "Boshqaruvda axborot- kommunikasion texnologiyalar" kafedrasi mudiri;
2015 yildan – h.v. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "Axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri.