Ushbu sahifada ilmiy ishlariga oid ma'lumotlar keltirilgan.
H.N.Zayniddinovning ilmiy ishlari "Maxsus prosessorlar, qurilmalar, tizimlar va ularning dasturiy vositalarini yaratishning nazariy va amaliy muammolari" ga bag'ishlangan. H.N. Zayniddinovning ilmiy faoliyatini boshlanishi "Axborotni chiziqli va funksional o'zgartirgichlarni yaratish va qo'llash" bilan bevosita bog'liqdir. Keyinchalik u, analog va raqam shaklidagi ma'lumotlarga birgalikda ishlov beruvchi maxsus prosessorlar arxitekturalarini tadqiq etish bilan shug'ullanadi. H.N. Zayniddinov va uning shogirdlari tomonidan birinchi bo'lib amaliyotda keng qo'llanishga mo'ljallangan turli apparat-dasturiy majmualarni, ma'lumotlarga ishlov berishning bo'lak-polinomial usullariga asoslangan maxsus hisoblash vositalari yaratishning nazariy muammolari, ularni loyihalash va sxemotexnikasiga doir muammolari tadqiq qilindi. Xozirgi kunda ushbu tadqiqotlar natijalari sog'liqni saqlash sohasida – biomedisina signallariga ishlov berish axborot tizimlarida, geofizika sohasida – ko'p o'lchovli magnit maydonlariga raqamli ishlov berish tizimida, gidrolokasiya sohasida– radiolokasion signallarga ishlov berish natijasida obyektlarni tutish, ularning turini aniqlash va boshqa sohalarda keng qo'llanilmoqda. 2000 yilning boshlarida H.N. Zayniddinov bo'lak-polinomial va splayn-funksiya usullariga asoslangan samaradorligi va ishonchliligi yuqori bo'lgan maxsus prosessorlarni yaratish tamoyillarini ishlab chiqishda Sankt-Peterburg Elektrotexnika universiteti olimlari bilan birgalikda faol qatnashdi. H.N. Zayniddinov olib borgan ilmiy tadqiqotlar o'zining originalligi bilan ajralib turadi, axborot texnologiyalarini rivojlanishiga katta hissa qo'shadi va ko'p sohalarda keng qo'llaniladi.
H.N.Zayniddinovning bevosita raxbarligi ostida va uning ishtirokida xalq xo'jaligida muxim ahamiyatga ega bo'lgan 20 dan ortiq ilmiy - tadqiqot ishlari bajarilgan. U 40 dan ortiq o'quv, o'quv-uslubiy va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 35 dan ortiq O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi guvohnoma va patentlari muallifidir. Uning ilmiy ishlari Angliya, Germaniya, AQSh, Slovakiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Hindiston kabi mamalakatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan.
Respublikada chop etiladigan nufuzli jurnallarda:
1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xabarlari.
Bosh redaktor o'rinbosari https://tuit.uz/ilmiy-jurnal
Chet ellarda chop etiladigan nufuzli jurnallarda:
1. Геология и минерально-сырьевые ресурсы Сибири
Член редколлегии http://www.jourgimss.ru/SitePages/editboard.aspx
2. Journal of Convergence Information Technology
Editor http://www.globalcis.org/jcit/home/editorial.html
3. International Journal of Management and Humanities (IJMH)
Assoc Editor-In-Chief https://www.ijmh.org/editorial-board/dr-hakimjon-zaynidinov/
4. International Journal of Engineering and Advanced Technology (IJEAT)
Assoc Editor-In-Chief https://www.ijeat.org/editorial-board/dr-hakimjon-zaynidinov/
5. International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE)
Assoc Editor-In-Chief https://www.ijrte.org/editorial-board/dr-hakimjon-zaynidinov/
6. International Journal of Advanced Engineering and Nano Technology (IJAENT)
Assoc Editor-In-Chief https://www.ijaent.org/editorial-board/dr-hakimjon-zaynidinov/
7. International Journal of Emerging Science and Engineering (IJESE)
Assoc Editor-In-Chief https://www.ijese.org/editorial-board/dr-hakimjon-zaynidinov/
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan va AT kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy loyihalar
R O' Y X A T I
1. F4-021 «Bo'lak-polinomial bazislarda tovushni qayta ishlash va tiklash intellektual dasturiy-texnika tizimlarini yaratishning nazariy-metodologik asoslari» fundamental loyiha ilmiy rahbari sifatida tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.
2. BA-A5-021 «Veyvlet tahlil asosida seysmik signallarga ishlov berish uchun ixtisoslashtirilgan tizimni ishlab chiqish» amaliy ilmiy tadqiqot ishida ijrochi sifatida tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.
3. BV-F4-011 «Signallarni va tasvirlarni qayta ishlash masalalarda parallel hisoblashni nazariyasi, metodlari va vositalarni rivojlantirish» fundamental loyihada ijrochi sifatida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
4. BVF-Atex-2018-249 «Biometrik signallarga raqamli ishlov berish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish» amaliy ilmiy tadqiqot ishida ilmiy rahbar sifatida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
5. FZ-201907178 «Yuz tasvirlarini qayta ishlash asosida shaxsni tanib olish algoritmlari va dasturiy ta'minotini yaratish» loyihada ijrochi sifatida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
1. Zaynidinov H.N., Azimov B.R., Yunusov O.P. Geofizik signallarning teng emas oraliqlar uchun kubik splayn modelini qurish dasturi. O'zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnoma № DGU 07847, 29.02.2020 y.
2. Zaynidinov H.N., Jurayev J.U., Zaynidinov I.X., Yusupov I. Signallarni bo'lak-polinomial veyvletlar yordamida raqamli ishlash dasturi. O'zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnoma № DGU 07830, 29.02.2020 y.
3. Zaynidinov H.N., Dhananjay Singh, Urakov Sh.U., Jabborov J.S. Funksiyalarni polinomial kubik splaynlar interpolyasiyalash dasturi. O'zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnoma № DGU 08200, 08.05.2020 y.
4. Zaynidinov H.N., Shariboyev N.Yu., Djurayev Sh.S., Shariboyev R.N. WINDOWS platformasi uchun EKG signallarini qayd qilish dasturi. O'zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnoma № DGU 08500, 09.07.2020 y.
5. Zaynidinov H.N., Shariboyev N.Yu., Djurayev Sh.S. EKG signallarini P,Q,R,S,T nuqtalarida aniqlash dasturi. O'zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnoma № DGU 08502, 09.07.2020 y.
6. Zaynidinov H.N., Shariboyev N.Yu., Djurayev Sh.S., Jabborov A.M., Shariboyev R.N. Android platformasi uchun EKG signallarini qayd qilish dasturi. O'zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnoma № DGU 08503, 09.07.2020 y.
T.f.d., professor H.N.Zaynidinov opponentlik qilgan dissertasiya ishlari
RO'YXATI
1. A.R.Axatovning "Elektron hujjat aylanish tizimlarida ma'lumotlar ishonchliligini PR-ortiqchalik asosida ta'minlash usul va dasturiy-algoritmik majmualari" mavzusidagi doktorlik dissertasiyasi (2014 yil); 05.13.01–"Tizimli taxlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari)" ixtisosligi bo'yicha;
2. S.S.Beknazarovaning "Axborot resurslariga TIAV-multimedia tizimlarida diskret-uzluksiz ishlov berish jarayonlarini modellashtirish usullari" mavzusidagi doktorlik dissertasiyasi (2015 yil); 05.01.04 – "Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti"ixtisosligi bo'yicha;
3. Ye.B.Tashmanovning "Videoaxborot tizimlarida televizion tasvirlarning sifat darajasini oshirish va filtrlash jarayonlarining matematik modellari" mavzusidagi doktorlik dissertasiyasi (2016 yil); 05.01.04 – "Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti" ixtisosligi bo'yicha.
4. B.B.Elovning "SMART texnologiyalar asosida o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish" mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi (2018 yil); 05.01.10 – "Axborot olish tizimlari va jarayonlari" ixtisosligi bo'yicha.
5. D.A. Mirzayevning «Axborot-boshqaruvchi tizimlar dasturiy ta'minotining funksional ishonchliligini baholashning modellari va algoritmlari» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi (2019 yil); 05.01.04 – «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti» ixtisosligi bo'yicha.
6. B.S. Axrarovning «Iqtisodiyot yo'nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda «Axborot xavfsizligi» kursini o'qitish metodikasi» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi (2019 yil); 13.00.02. – "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika)" ixtisosligi bo'yicha.
7. T.X. Jurayevning «Qishloq ho'jaligi va meliorativ texnika ishchi qismlarini geometrik modellashtirish" mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi (2019 yil); 05.01.01 –" Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video texnologiyalar" ixtisosligi bo'yicha.
8. A.A. Qahharovning «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitishda talabalar fazoviy tasavvurini multimediali kompyuter texnologiyalari asosida rivojlantirish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi (2020 yil); 13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi) ixtisosligi bo'yicha.