Ushbu sahifada Zaynidinov Hakimjon Nasriddinovichning Chet el davlatlari bilan hamkorliklari va aloqalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
H.N.Zaynidinov 2007-2009 yillarda Janubiy Koreyaning Pusan shaxridagi DongSeo universitetida professor lavozimida faoliyat olib bordi. Bu yerda magistrantlar va PhD talabalarga "Signallar va tizimlar", "Maxsus prosessorlar" va "C++ tilida dasturlash" kabi fanlardan dars bergan. Shuningdek Janubiy Koreyaning "Chet el mutaxassislarini taklif qilish dasturi" tomonidan moliyalaashtirilgan "Silliq sirtlarni splayn-approksimasiyasi" (Spline-approximation of smooth surfaces) mavzusidagi ilmiy loyihani bajargan. Janubiy Koreyada juda ko'p do'stlari va shogirdlari bor.
Quyida H.N. Zaynidinovni Janubiy Koreyaning Pusan shaxridagi DongSeo universitetidagi faoliyatiga doir rasmlar keltirilgan.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
H.N.Zaynidinov 2019 yilning qish oylarida Germaniyaning Oldenburg shaxridagi Karl von Ossiyetski universitetiga tashrif buyurdi. U yerda shogirdi Kuryazov Dilshodbekni dissertasiyasi himoyasida qatnashdi va bir qator professorlar bilan tanishdi va hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Quyida Oldenburgdagi hamkasb professorlar va mutaxassislar bilan bo’lgan uchrashuvlardan lavhalar keltiriladi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
H.N.Zaynidinov Gretsiyaning qator OTM lari bilan hamkorlik qilib keladi. Ushbu hamkorlik kompyuter texnologiyalarining yangi yo’nalishlarini ochish va magistraturani yangi mutaxassisliklarini tashkil etishga qaratilgan. Quyida Gretsiya hamkasb professorlar va mutaxassislar bilan bo’lgan uchrashuvlardan lavhalar keltiriladi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
H.N. Zaynidinov 1988 yilda Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetining “Hisoblash texnikasi” (BT) kafedrasida 4 oylik malaka oshirishga bordi. Malaka oshirish davomida mazkur kafedraning professor-o’qituvchilar bilan tanishdi, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va o’quv-uslubiy ishlarni o’rgandi. 1990 yilda shu universitet aspiranturasiga xujjat topshirdi. Imtixonlardan muvaffaqiyatli o’tib, 1990 yil 1 noyabrda aspiranturaga qabul qilindi. 1990 yildan 1993 yilgacha bo’lgan davrda talabalarga ma’ruzalar, laboratoriya mashg’ulotlari olib bordi, kurs ishlari va diplom ishlariga raxbarlik qildi.
2000 yilning boshlarida H.N. Zayniddinov bo'lak-polinomial va splayn-funksiya usullariga asoslangan samaradorligi va ishonchliligi yuqori bo'lgan maxsus prosessorlarni yaratish tamoyillarini ishlab chiqishda Sankt-Peterburg Elektrotexnika universiteti olimlari bilan birgalikda faol qatnashdi. H.N. Zayniddinov olib borgan ilmiy tadqiqotlar o'zining originalligi bilan ajralib turadi, axborot texnologiyalarini rivojlanishiga katta hissa qo'shadi va ko'p sohalarda keng qo'llaniladi.
Quyida H.N. Zaynidinovning Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetidagi o’tkazgan xayotidan lavhalar keltiriladi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |